
Toshkentning «Paxtakor» jamoasi himoyachisi Xojiakbar Alijonov Eronning «Persepolis» klubiga o‘tishi mumkin. Sportilinet xabariga ko‘ra, eronliklar futbolchi transferi uchun taxminan 1 mln dollar to‘lashga tayyor. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oxiri holatida Alijonovning transfer bahosi 1,2 mln yevro (1,4 mln dollar) etib baholanmoqda. Bu ko‘rsatkich uni O‘zbekiston Superligasidagi eng qimmat futbolchilardan biriga aylantiradi.
Himoyachining «Paxtakor» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yakunigacha mo‘ljallangan. Avvalroq ham Alijonovga xorij klublari, jumladan «Persepolis» qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq hozircha bitim bo‘yicha rasmiy tasdiq berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.