date

Ronaldu Djokovichga yilning eng yaxshi sportchisi sovrinini topshirdi

Ronaldu Djokovichga yilning eng yaxshi sportchisi sovrinini topshirdi

Dubayda bo'lib o'tgan Globe Soccer Awards marosimida serbiyalik tennischi Novak Djokovich maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

24 karra “Katta shlem” chempioni Globe Sports Award yo'nalishida yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Sovrinni unga “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu topshirdi.

Djokovich ushbu e'tirof u uchun kutilmagan bo'lganini aytib, mukofotni jahon futbolining eng yirik yulduzlaridan biri qo'lidan olgani ramziy ma'no kasb etganini ta'kidladi.

Marosimda Ronaldu ham Djokovichning yutuqlarini yuqori baholadi. Portugaliyalik futbolchi serb tennischisini professional darajadagi uzoq umr va barqarorlik namunasi deb atab, ularning sport yo'li o'xshash jihatlarga ega ekanini qayd etdi. Ronaldu fikricha, Djokovich bu mukofotga to'liq munosib.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Djokovichga yilning eng yaxshi sportchisi sovrinini topshirdi