
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin shtabida ishlovchi Nikolay Pisarev mart oyida hujumchi Artyom Dz'yubaning yana milliy jamoaga chaqirilishi bo'yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pisarevning aytishicha, Karpin undan “Akron”ning o'yiniga borib, Dz'yubani joyida kuzatishni so'ragan. Murabbiy uchrashuvni tomosha qilganidan so'ng, hujumchi gol urib, yana bir golga uzatma berganini, bundan oldin ham bir necha o'yinda ketma-ket samarali harakat qilganini ta'kidladi. Pisarevga ko'ra, bunday forma terma jamoaga chaqiruvga munosib edi.
Mutaxassis terma jamoada 30 yoshdan kattalarni umuman chaqirmaslik kabi qat'iy qoida yo'qligini, biroq jamoa kelajak uchun shakllantirilayotgani sabab bu mezonga imkon qadar amal qilish ma'qul ekanini aytdi. Shuningdek, Dz'yuba chaqirilgan paytda hujumchilar borasida vaziyat murakkab bo'lganini, hozir esa shunga o'xshash muammo qanot himoyachilari chizig'ida kuzatilayotganini qo'shimcha qildi. Shu bois murabbiylar shtabi o'z vaqtida tajribali Duglas nomzodini ham ko'rib chiqqan.
37 yoshli Artyom Dz'yuba Rossiya terma jamoasi safida 56 o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hozirda “Akron” hujumchisi milliy jamoa tarixidagi eng sermahsul to'purar hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.