date

Zelenskiy va Putin 5 yildan so‘ng ilk bor telefonda muloqot qiladi

Zelenskiy va Putin 5 yildan so‘ng ilk bor telefonda muloqot qiladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 yildan ortiq vaqt ichida ilk bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashishi mumkin. Bu ma’lumotni muzokaralardan xabardor manbaga tayanib, Fox News xabar qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, urush olib borayotgan ikki davlat rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa tashkil etilishi AQSH prezidenti uchun diplomatik g‘alaba sifatida baholanadi. Fox News suhbatdoshi Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralarning natijalariga tayanib, bunday xulosaga kelgan.

Rossiya va Ukraina prezidentlari oxirgi marta 2020-yil iyul oyida muloqot qilgan. O‘shanda Kiyev “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga aloqador yollanma jangchilarni Belarusga olib borish bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng Zelenskiy bir necha bor telefon orqali muloqot qilishga uringan, biroq Putin bundan bosh tortgan.

Zelenskiy 28-dekabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Tramp uchrashuv davomida tinchlik rejasi bandlarining 95 foiz bo‘yicha kelishilganini ma’lum qildi, ammo Donbass masalasi hali hal qilinmaganini ta’kidladi. Shuningdek, Tramp Rossiya Ukrainaning qayta tiklanishiga yordam berishini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy va Putin 5 yildan so‘ng ilk bor telefonda muloqot qiladi