date

X-Faktor 3 mavsumida g‘alaba kimga nasib etdi?

X-Faktor 3 mavsumida g‘alaba kimga nasib etdi?

Tomoshabinlar ovoziga ko‘ra X-Faktor shousining 3-mavsumi g‘olibi — Abdurahim Abdukarimov bo‘ldi. Iqtidor, tinimsiz mehnat va sahnadagi kuchli energiya uni tomoshabinlar e’tirofiga olib chiqdi.

“Mitti vayn” jamoasi a’zosi bo‘lgan Abdurahim shou davomida o‘zining samimiy chiqishlari, ovoz imkoniyatlari va sahnadagi ishonchi bilan ajralib turdi. Har bir bosqichda u nafaqat ijro, balki his-tuyg‘ulari bilan ham tomoshabin qalbiga yo‘l topa oldi.

Shou boshida aytilgan bir gap esa bugun alohida ma’no kasb etdi. Abdurahim ilk chiqishlaridan birida: “Men ukam uchun yutaman”, degan edi. Final kechasida u bu so‘zlarini yana bir bor eslab, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishganidan xursandligini yashirmadi.

X-Faktor sahnasi Abdurahim Abdukarimov uchun katta bosqich bo‘ldi. Endi esa uni yanada katta sahnalar, yangi loyihalar va muxlislar e’tibori kutib turibdi. Bu g‘alaba — faqat sovrin emas, balki orzu, sabr va ishonchning mukofoti bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » X-Faktor 3 mavsumida g‘alaba kimga nasib etdi?