
Jorjtaun universiteti (AQSH) tadqiqotchilari 188 ta davlatda ayollar ahvolini o‘rganib, Afg‘onistonni ayollar uchun dunyodagi eng yomon mamlakat deb aniqladilar. Shu haqda “Hasht e Subh Daily” xabar berdi.
Tadqiqotning 2025 yil 31 dekabrdagi hisobotida, ayollar xavfsizligi va ularning huquqlari bo‘yicha eng past natijalar Afg‘onistondan keyin Yaman, Sudan, Gaiti va Burundida qayd etilgan. Afg‘onistonda ayollarning ijtimoiy ahvoli asosan inklyuzivlik, adolat va xavfsizlik mezonlariga ko‘ra baholangan. Mamlakatda ayollarning xavfsizligi va ularga nisbatan adolatsiz munosabatlar boshqa davlatlarga nisbatan ancha past darajada bo‘lib, ayollar jamiyatning eng zaif va himoyasiz qatlamiga kiritilgan.
Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olish va ishlash huquqi ko‘plab cheklovlarga duch kelgani uchun ularning asosiy xizmatlardan va insonparvarlik yordamlaridan foydalanish imkoniyati juda kam. Bu holat Afg‘onistonni BMTning gender rivojlanish indeksida Yamandan keyingi eng past o‘ringa tushirdi.
Shuningdek, Afg‘oniston ko‘chalarida ayollar uchun xavfsizlik kam. Mamlakatdagi "Tolibon" muvaqqat hukumati ayollarning jamoat joylaridagi xatti-harakatlarini qattiq nazorat qiladi, bu esa ayollarning erkin harakatlanishini sezmasa ham, davlatdagi beqarorlik va tinchsizlik ko‘rsatkichlarini oshiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.