Dubay shokoladi 2025 yilda aeroportlarda eng ko‘p sotilgan shokoladga aylandi

1 daqiqa o'qish2.5K
Dubay shokoladi 2025 yilda aeroportlarda eng ko‘p sotilgan shokoladga aylandi

2025 yilda Dubai Duty Free bojsiz savdo do‘konlarida eng mashhur mahsulotlardan biri virusli Dubay shokoladi bo‘ldi. Bir yil ichida sayohatchilar 719 tonna shirin suvenir xarid qilishdi va u tezda sayyohlarning e’tiborini qozondi.

Tarmoq uchun maxsus yaratilgan eksklyuziv pozitsiyalar, jumladan Patchi Pistachio Kunafa Bar shokolad batonchigi va Habibe Chocolate brendi mahsulotlari alohida talabga ega edi. Qandolat mahsulotlari 845,486 million dirham (taxminan 231,6 million dollar) bilan beshinchi o‘rinni egalladi, bu tarmoqning umumiy yillik aylanmasining 9,74 foizini tashkil etadi.

Bu ko‘rsatkichlar Dubai Duty Free'ning rekord darajadagi savdosining bir qismi bo‘lib, 2025 yilda 8,68 milliard dirhamga (2,3 milliard dollar) yetdi.

Dubay shokoladi qadaif va pista aralashmasidan tayyorlangan shirinlik bo‘lib, BAAda ishlab chiqariladi. Mahsulot 2021 yilda paydo bo‘ldi va tezda sayohatchilarning sevimli mahsulotiga aylandi. Shokoladning ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi 2023 yildan, u haqidagi birinchi TikTok videosi 120 milliondan ortiq ko‘rilganidan beri oshdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?