date

YeTTB Asakabank aksiyalarining 15 foizini sotib oladi

YeTTB Asakabank aksiyalarining 15 foizini sotib oladi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) hamda Asakabank bankni xususiylashtirish bo‘yicha asosiy tijoriy shartlarni belgilovchi “Term Sheet” hujjatini imzoladi. Kelishuv 2020 yil 12 maydagi prezident farmoni ijrosi doirasida rasmiylashtirildi va tomonlar hamkorligini institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Hujjatga ko‘ra, YeTTB Asakabank aksiyalarining 15 foiz ulushini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Kelishilgan barcha talablar — tranzaksion, tartibga soluvchi hamda korporativ-huquqiy jarayonlar — to‘liq va belgilangan tartibda yakunlansa, YeTTBning bank aksiyadorlik kapitaliga kirishi 2026 yilda kutilmoqda.

Ushbu bosqich davlat banklarini transformatsiya qilish, davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish, moliyaviy xatarlarni kamaytirish va bank tizimi barqarorligini kuchaytirishga qaratilgan prezident farmoni doirasidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Asakabankni xususiylashtirish jarayonida YeTTB bilan hamkorlik bir qator yo‘nalishlarni qamrab oladi. Jumladan, korporativ boshqaruv sifatini yaxshilash va bank faoliyati shaffofligini kuchaytirish, risklarni boshqarish va ichki audit bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish, kapital bazasi hamda operatsion barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek tijoriy samaradorlikka yo‘naltirilgan barqaror bozor modeli shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, keyingi xususiylashtirish bosqichlari arafasida bankning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi qayd etildi.

Avvalroq YeTTB O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining qariyb yarmiga yaqinini ta’minlaydigan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 70 million dollargacha kredit ajratishi ma’lum qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » YeTTB Asakabank aksiyalarining 15 foizini sotib oladi