
Bloomberg ma'lumotlari asosida «Biznes Online» tuzgan reytingga ko'ra, milliarder Alisher Usmonov 2025 yil yakunlari bo'yicha Rossiyadagi eng boy olti kishidan biri sifatida qayd etildi. Uning boyligi 19,3 mlrd dollarga baholanib, bir yil ichida 6 mlrd dollarga oshgani aytilmoqda. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Ro'yxatda yetakchilik «Norilsk nikel» egasi Vladimir Potaninga tegishli: uning kapitali 26,4 mlrd dollar deb baholangan, biroq yil davomida 1,4 mlrd dollarga kamaygan. Ikkinchi o'rinda «Severstal» asoschisi Aleksey Mordashov (26,3 mlrd dollar), uchinchi pog'onada esa NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin (23,7 mlrd dollar) turibdi.
Nashr hisob-kitobiga ko'ra, Rossiyadagi 20 nafar milliarderning jami kapitali o'tgan yilda 18,3 mlrd dollardan ko'proqqa ko'payib, 299,2 mlrd dollarga yetgan. Eslatib o'tamiz, 2024 yilda Usmonovning dividend daromadlari 96,2 mlrd rubl (1,2 mlrd dollar) atrofida baholangan, Forbes'ning Rossiya talqiniga ko'ra, bu ko'rsatkich bir yil ichida 20,4% ga oshgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.