
O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziya o‘sishda davom etmoqda. Agar 2017 yilda bu ko‘rsatkich 37% bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 60% ga yetdi.
Bu haqda IFAD va Markaziy bank tomonidan pul o‘tkazmalari mavzusida tashkil etilgan konferensiya tashkilotchilari ma’lum qildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik ayollarning bank hisob raqamiga ega bo‘lish darajasi 61% ni tashkil etgani, erkaklar orasida esa bu ko‘rsatkich 59% ekani qayd etildi.
Raqamli moliyaviy xizmatlar uchun imkoniyatlar hali ham katta. Respublikada kattalarning 82% mobil telefonlardan, 69% esa smartfonlardan foydalanadi.
Shahar va qishloqlar o‘rtasidagi farq katta emas: shaharlarda bu ko‘rsatkich 86%, qishloqlarda esa 80% ni tashkil etadi. Bu esa ko‘pchilik oilalar raqamli inklyuziya uchun zarur texnik sharoitlarga ega ekanini ko‘rsatadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.