
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillar uchun turizm sohasini rivojlantirishga oid qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2030 yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi turizmning ulushi 3,5 foizdan 7 foizgacha oshiriladi.
Har yili O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlar oqimi 10 milliondan 20 million kishiga yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunda to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan mehmonlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Yillik turizm xizmatlari eksporti esa 6 milliard dollardan oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ustuvor vazifalar qatorida O‘zbekistonning sayyohlik shaharlari o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash masalasi ham turadi. Ichki aviaqatnovlar tarmog‘ini kengaytirish va yo‘lga ketadigan vaqtni uch barobarga qisqartirish rejalashtirilgan.
Infratuzilmani rivojlantirish doirasida to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar sonini ikki barobarga oshirish, shuningdek, xizmat va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish maqsad qilingan. Bundan tashqari, O‘zbekiston xalqaro darajada taniqli sayyohlik brendini yaratish va milliy mahsulotlarni targ‘ib qilishning yangi usullarini joriy etishni ham rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.