Parij italiyalik iqtidor egasi Luka Koleosho bilan kuchaydi

Fransiyaning «Parij» klubi tarkibini «Byornli»ga tegishli bo‘lgan 21 yoshli vinger Luka Koleosho bilan kuchaytirdi. Futbolchi nigeriyalik ota va italyan kelib chiqishiga ega kanadalik onadan tug‘ilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida Italiya, Kanada va AQSh pasportlariga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Koleosho bungacha «Espanol» safida ijarada to‘p tepdi: u uchta uchrashuvda jami 60 daqiqa maydonda bo‘lgan. Endi esa u faoliyatini fransuz chempionatida sinab ko‘radi.
Manbalarga ko‘ra, kelishuv «Parij»ga 4 million yevroga tushgan, futbolchi bilan shartnoma 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni paytda «Parij» Fransiya chempionati turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing