date

Slot Bredlining jarohati bo'yicha eng yomonidan xavotirda

Slot Bredlining jarohati bo'yicha eng yomonidan xavotirda

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot «Arsenal»ga qarshi uchrashuv yakunida jarohat olgan Konor Bredli bilan bog'liq vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Slotning aytishicha, u himoyachining ahvolidan jiddiy xavotirda: «Konor Bredli bilan bog'liq holatda eng yomonidan qo'rqayapman. Agar futbolchimiz maydonda yotib qolsa, 100 holatdan 100 tasida unda nimadir joyida bo'lmaydi. Jarohat xavfi bor paytda futbolchini joyidan siljitishga urinishni ko'rish hech qachon yoqimli emas», — dedi mutaxassis.

Epizod uchrashuvning so'nggi daqiqalarida yon chiziq yaqinida yuz berdi. Bredli to'qnashuvdan keyin maysada yotib qoldi, «Arsenal» futbolchisi Gabriel Martinelli esa «Liverpul» himoyachisi vaqt cho'zmoqda deb o'ylab, avval unga to'pni otgan, keyin esa maydon tashqarisiga itarib yuborishga uringan.

Oradan ko'p o'tmay, Bredlining jarohati jiddiy ekani ayon bo'ldi: futbolchi maydondan zambilda olib chiqildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slot Bredlining jarohati bo'yicha eng yomonidan xavotirda