Nikitin Atletiko Realga yutqazishga loyiq emasdi dedi

Aleksey Nikitin Ispaniya Superkubogi yarim finalida bo'lib o'tgan "Real" – "Atletiko" uchrashuvi haqida fikr bildirdi. "Ufa"ning sobiq futbolchisiga ko'ra, Madrid derbisi mazmunan teng kechgan va Diego Simeone shogirdlari mag'lubiyatga munosib o'yin ko'rsatmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nikitin "Match TV" efirida "Real" favorit sifatida ko'rilgani, biroq uning nazarida "Atletiko" uchrashuvga yaxshiroq tayyor holatda chiqqanini aytdi. U Simeone raqib mudofaasini yorib o'tish uchun yechim topgani, ayniqsa qanotlardan ko'plab xavfli vaziyatlar yaratilganini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, yarim final bahsi "Real"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing