Barselona Ispaniya Superkubogida 100-golini nishonladi

Ispaniya Superkubogi yarim finalida kataloniyalik «Barselona» Bilbao «Atletik»iga qarshi uchrashuvda to‘liq ustunlik qildi va raqib darvozasiga beshta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsdagi so‘nggi, beshinchi golni braziliyalik Rafinya kiritdi. Aynan shu to‘p «Barselona» uchun musobaqa tarixidagi yubiley — 100-gol bo‘ldi.
«Barselona» 1983 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Ispaniya Superkubogida eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib qolmoqda. Individual ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa turnirning eng yaxshi to‘purari ham «Barselona» vakili — Lionel Messi (14 gol).
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya Superkubogini 15 marta qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing