date

Zebo Raximovaning orzusi nihoyat ro‘yobga chiqdi (video)

Zebo Raximovaning orzusi nihoyat ro‘yobga chiqdi (video)

Aktrisa va bloger Zebo Raximova Instagram sahifasida bolalikdan orzu qilib kelgan istagi ushalganini aks ettiruvchi qiziqarli video post joyladi. Ushbu video orqali u avval faqat televizorda ko‘rgan Coca-Cola karvonini hayotida ilk bor o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Post ostida Zebo shunday izoh qoldirdi:

“Oldin faqat televizorda ko‘rgan Coca-Cola karvonimni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Hayotda ko‘rishni judayam xohlardim. Qanday baxt!”

Videoda aktrisaning Coca-Cola karvoni oldidan o‘tayotgani, karvonga chiqib suratga tushgani va u yerdagi ichimlikdan tatib ko‘rayotgani aks etgan. Zebo yuzidagi samimiy quvonch va hayajon videoga yanada iliq kayfiyat bag‘ishlagan.

Mazkur video qisqa vaqt ichida minglab layklar yig‘ib, ko‘plab samimiy va iliq izohlar bilan to‘ldi. Kuzatuvchilar izohlarda Coca-Cola karvonini ko‘rish ko‘pchilikning orzusi ekanini ta’kidlashdi. Ayrim obunachilar esa Zeboga havas qilib, “siz bizlarning ham orzumizni amalga oshirdingiz”, “umid qilamiz, bir kun bizning ham shunday orzularimiz ro‘yobga chiqadi”, deya ezgu tilaklar bildirishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zebo Raximovaning orzusi nihoyat ro‘yobga chiqdi (video)