date

Martinelli Bredlidan uzr so‘rab, reaksiyasidan afsus bildirdi

Martinelli Bredlidan uzr so‘rab, reaksiyasidan afsus bildirdi

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriyel Martinelli «Liverpul» himoyachisi Konor Bredlidan uzr so‘radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida braziliyalik futbolchi jarohat olib, maysada yotgan shimoliy irlandiyalik futbolchini maydondan tezroq chiqarishga urinib yuborgani bilan e’tiborni tortdi. Keyinroq Bredlining jarohati jiddiy ekani ma’lum bo‘ldi va «Liverpul» o‘yinchisini zambilda olib chiqib ketishdi.

«Men Konorga allaqachon yozdim va undan uzr so‘radim. O‘sha payt u bunchalik og‘ir jarohat olganini bilmagandim. O‘zimning reaksiyamdan chin dildan afsusdaman. Yana bir bor Konorga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman va tezroq sog‘ayib ketishini xohlayman», — deb yozdi Martinelli ijtimoiy tarmoqlarda.

Bahsda tomoshabinlar gol ko‘rmadi — 0:0.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martinelli Bredlidan uzr so‘rab, reaksiyasidan afsus bildirdi