O‘zbekiston qora olxo‘ri eksportini 63 foizga oshirdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston qora olxo‘rini 43 ta davlatga eksport qildi.
Hisobot davrida jami 38,9 ming tonna mahsulot tashqi bozorlarga yetkazib berilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 63 foizga oshgan.
Eng yirik xaridor Xitoy bo‘lib, ushbu mamlakatga 21,6 ming tonna qora olxo‘ri jo‘natilgan. Yirik importyorlar uchligiga, shuningdek, Qozog‘iston (6,2 ming tonna) va Rossiya (6 ming tonna) ham kirgan.
Keyingi o‘rinlarda Turkiya (1,2 ming tonna) va Belarus (793,1 tonna) qayd etildi. Qolgan davlatlar ulushiga esa jami 2,4 ming tonna qora olxo‘ri to‘g‘ri kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing