date

Inigo Martines Atletikning Barsaga qarshi o'yinidan hayratda

Inigo Martines Atletikning Barsaga qarshi o'yinidan hayratda

Avval "Barselona" va "Atletik" Bilbao safida o'ynagan himoyachi Inigo Martines Ispaniya Superkubogida jamoalarning so'nggi uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yarim finalda kataloniyaliklar 5:0 hisobida g'alaba qozondi. "Ko'k-anorranglilar" tanaffusga qadar to'rtta gol urib, o'yin taqdirini erta hal qildi.

"Rostini aytsam, "Atletik"ning "Barsa"ga qarshi bunchalik sust o'ynaganidan hayratdaman. Bu jamoa odatda 90 daqiqa bosim bilan yugurishi bilan tanilgan, ammo bu safar ular atigi 15-20 daqiqaga yetdi, keyin esa taslim bo'lgandek tuyuldi. Ikkinchi bo'limda "Barselona" tempni tushirmaganida, yana ko'proq gol urishi mumkin edi", — deya Martinesning so'zlarini Barca Universal keltiradi. Hozirda u "Al-Nasr" safida to'p surmoqda.

Ispaniya Superkubogi finalida Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa Madridning "Real"iga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inigo Martines Atletikning Barsaga qarshi o'yinidan hayratda