Venesuela oltin zaxiralari bilan rekord o‘rnatdi

Venesuela hozirgi paytda 161 tonna oltin zaxirasiga egaligi ma’lum qilindi. Bu hajm taxminan 5,18 million troy unsiyaga teng bo‘lib, bir unsiya oltin narxi 4 300 AQSH dollari etib belgilanganda, umumiy qiymat qariyb 22 milliard dollarni tashkil qiladi.
Ushbu ko‘rsatkich Venesuelani Lotin Amerikasi davlatlari orasida eng yirik oltin zaxiralariga ega mamlakatga aylantiradi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, oltin narxi har 100 dollarga qimmatlashganida, mamlakat zaxiralarining umumiy qiymati taxminan 518 million dollarga oshadi.
Shu tariqa, Venesuelaning oltin zaxiralari mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim strategik omil hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing