date

Gabbia Milan durangida golga olib kelgan xatoni tan oldi

Gabbia Milan durangida golga olib kelgan xatoni tan oldi

A Seriyaning 19-turidagi so‘nggi bahslarda «Milan» o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qildi va 1:1 hisobidagi durang bilan kifoyalandi. Uchrashuvdan so‘ng «rossoneri» himoyachisi Matteo Gabbia jamoa uchun omadli kechmagan o‘yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gabbianing aytishicha, «Milan» g‘alaba uchun maydonga tushgan, biroq natija jamoani ranjitgan. Himoyachi raqibning goliga olib kelgan xatoni aynan o‘zi qilganini tan oldi, shuningdek, javob golini juda kech urib yuborishgani sababli g‘alaba uchun oxirigacha kurashishga ulgurishmaganini ta’kidladi.

Ushbu durangdan keyin «Milan» «Inter»dan 3 ochkoga ortda qoldi. Keyingi turda Massimiliano Allegri shogirdlari «Fiorentina»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gabbia Milan durangida golga olib kelgan xatoni tan oldi