
O‘zbekiston Markaziy banki oktyabr oyida dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biri bo‘ldi. Jahon Oltin Kengashi (WGC) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 9 tonna qimmatbaho metall sotib olib, dunyo markaziy banklari orasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Polsha va Singapur esa har biri 16 tonnadan oltin xarid qilgan holda yetakchi bo‘lishdi. Umuman olganda, jahon markaziy banklarining sof oltin xaridlari sentyabr oyiga nisbatan 36 foizga oshib, 53 tonnaga yetdi.
Xaridorlar orasida Indoneziya, Turkiya, Chexiya va Qirg‘iziston ham bo‘ldi. Yil boshidan beri jahon markaziy banklari tomonidan jami 254 tonna oltin sotib olingan.
Polsha 83 tonna bilan eng yirik xaridor bo‘lib qolmoqda, ikkinchi o‘rinda esa Qozog‘iston joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.