Hasakada qonli tun: kurd kuchlari tinch aholini o‘qqa tutdimi?

Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan Hasaka viloyatida Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) tinch aholiga qarshi ommaviy zo‘ravonliklar sodir etganlikda ayblanmoqda. Bu holat kurd tuzilmalari bilan Damashqdagi o‘tish davri hukumati o‘rtasida otashkesim e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay ro‘y bergani vaziyatni yanada keskinlashtirdi.
Mahalliy manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, 18–19-yanvar kechasi SDK bo‘linmalari Hasaka shahrining asosan arablar istiqomat qiladigan mahallalari hamda qishloq hududlarida keng ko‘lamli reydlar o‘tkazgan. Ayniqsa, shaharning janubiy atroflari va Gveyran mahallasida vaziyat og‘ir kechgani aytilmoqda.
Guvohlarning ta’kidlashicha, amaliyotlar boshlanishidan oldin elektr ta’minoti uzilgan, shundan so‘ng uylar tintuv qilingan va tinch fuqarolarga nisbatan o‘q otish holatlari kuzatilgan. Ayrim manbalar bunday harakatlar qo‘rqitish va jazolash maqsadida amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!