Opta bahosi: «Arsenal» uchun chempionlik eshigi keng ochildi

Opta bahosi: «Arsenal» uchun chempionlik eshigi keng ochildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Arsenal»
  • 22-turdan keyin 50 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib, «Manchester Siti» va «Aston Villa»dan 7 ochko oldinda bormoqda.
  • Opta superkompyuteri londonliklarning APL chempioni bo'lish ehtimolini 89,62% deb baholadi, 18-turdan keyin bu ko'rsatkich 65,63% edi.
  • «Manchester Siti»ning imkoniyati 6,91%, «Aston Villa»niki 3,36%, «Liverpul»niki 0,07% va «Chelsi»niki 0,04% deb ko'rsatilgan.

Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasi qizib borayotgan bir paytda «Arsenal»ning oldingi safdagi pozitsiyasi yanada mustahkamlandi. Mikel Arteta boshchiligidagi londonliklar 22-turdan keyin 50 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Eng muhimi, «to‘pchilar» raqiblarga “nafas rostlash” imkonini bermayapti: ikkinchi va uchinchi pog‘onalarda kelayotgan «Manchester Siti» hamda «Aston Villa»dan 7 ochko oldinda. Mavsumning shu bosqichida bunday farq — oddiy statistika emas, psixologik ustunlik ham.

Opta’ning superkompyuteri esa bu manzarani yanada keskinroq raqamlar bilan tasdiqladi: «Arsenal»ning APLda g‘olib chiqish ehtimoli 89,62% deb baholanmoqda. Taqqoslash uchun, 18-turdan keyin bu ko‘rsatkich 65,63% edi. Ya’ni, bir necha tur ichida londonliklarning chempionlik “formulasi” ancha ishonchli ko‘rinish oldi.

Quvuvchilarga kelsak, raqamlar ular uchun uncha xush xabar emas. «Manchester Siti»ning chempionlikka da’vosi sezilarli pasayib, 6,91% deb baholandi. «Aston Villa»ning zafar quchish ehtimoli 3,36% atrofida. «Liverpul» (0,07%) va «Chelsi» (0,04%) bo‘yicha esa hisob-kitoblar deyarli ramziy ko‘rinishda — ya’ni, faqat nazariy ssenariy sifatida qolmoqda.

Opta tahliliga ko‘ra, liganing qolgan jamoalari uchun chempionlik eshigi amalda yopiq. Albatta, futbolda “hech qachon” degan gap yo‘q, lekin bu raqamlar hozirgi reallikni juda ochiq ko‘rsatyapti: chempionlik kaliti hozircha «Arsenal» qo‘lida.

Endi londonliklar uchun asosiy vazifa — aynan shu ustunlikni yo‘qotib qo‘ymaslik. 7 ochkolik farq rohat beradi, lekin erkalatmaydi: bir-ikki noqulay natija va ta’qibchilar darhol yaqinlashadi. Shuning uchun Arteta jamoasi uchun eng to‘g‘ri yo‘l — sovuqqonlik, barqarorlik va har turni finaldek o‘ynash. Chempionlik imkoni baland, lekin uni rasmiylashtirish uchun hali ko‘p “mehnatli daqiqalar” bor.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar