Qoraqalpog‘istonlik ayol hojatxonada tug‘di

Ma’lum bo‘lishicha, 1999 yilda tug‘ilgan ayol avval turmush qurgan, ikki nafar farzandli bo‘lgan. Keyinchalik oilaviy muammolar sabab ajrashib, 2024 yilda ish qidirib Toshkentga kelgan. U somsaxonalardan birida ishlay boshlagan, ammo topgan daromadi kundalik ehtiyojlariga yetmagan.
Shu orada u «Zafar» ismli erkak bilan yaqin munosabat o‘rnatib, homilador bo‘lib qolgan. Yangi farzandni tarbiyalash imkoniyati yo‘qligini o‘ylab, ayol homilani yashirishga qaror qilgan. U tibbiyot muassasasiga murojaat qilmasdan, internet orqali topilgan ma’lumotlarga ishonib, homilani tushirish va tug‘ruqni tezlashtiruvchi tabletkalarni buyurtma qilib iste’mol qilgan.
2024 yil 20 noyabr kuni tongda uni to‘lg‘oq tutib, hojatxonada chaqaloqni dunyoga keltirgan. Sud materiallariga ko‘ra, ayol chaqaloqni «unitaz» orqali yo‘q qilishga uringan. Oqibatda, go‘dak ovoz chiqarmasdan qolgan. Ayol uni vafot etgan deb o‘ylab, choyshabga o‘rab, vaqtincha yashab turgan uyining yerto‘lasiga olib tushgan.
Oradan ko‘p o‘tmay, u go‘rkovga qo‘ng‘iroq qilib, bolani dafn etish kerakligini bildirgan. Biroq tibbiy o‘lim haqidagi ma’lumotnoma taqdim etilmagani sabab, holat ichki ishlar organlariga ma’lum qilingan.
Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, chaqaloq tirik tug‘ilgan, 38–39 haftalik bo‘lgan va uning o‘limi bosh miyaga yetkazilgan og‘ir jarohat oqibatida yuz bergan. Ayol sudda aybini to‘liq tan olgan.
2025 yil 13 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman sudi qaror chiqarib, ayolga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan. Jazo doimiy yashash manzilida o‘tash belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing