date

Onalik himoyada: Homiladorlik va tug‘ruq puli majburiy tarzda undirildi

Onalik himoyada: Homiladorlik va tug‘ruq puli majburiy tarzda undirildi

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, xususan onalikni qo‘llab-quvvatlash borasida navbatdagi amaliy natija ta’minlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2025 yil 30 oktyabrdagi qaroriga asosan, qarzdor “K.S.J.” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi M.P. foydasiga homiladorlik va tug‘ruq ta’tili nafaqasi sifatida 5 773,3 ming so‘m undirish belgilangan edi.

Ijro hujjatini ixtiyoriy tartibda bajarish uchun qarzdor korxonaga 15 kunlik muddat berilganiga qaramasdan, belgilangan vaqtda to‘lov amalga oshirilmadi.

Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq majburiy ijro choralari qo‘llanilib, korxonaning bank hisob raqamlariga band solindi. Natijada 5 773,3 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirilib, fuqaroning hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Onalik himoyada: Homiladorlik va tug‘ruq puli majburiy tarzda undirildi