date

“ARTIST” super mavsumi g‘olibi aniqlandi!

“ARTIST” super mavsumi g‘olibi aniqlandi!

Zo‘r TV telekanalining mashhur “ARTIST” loyihasi super mavsumi o‘z yakuniga yetdi. Tomoshabinlar e’tiborini tortgan ushbu mavsumda iste’dod va mehnati bilan ajralib chiqqan Yahyo G‘aniyev eng omadli ishtirokchi sifatida g‘olib deb topildi.

Final bosqichida kuchli raqobat hukm surgan bo‘lsa-da, Yahyo G‘aniyev o‘zining sahnadagi ishonchli chiqishlari, ijodiy yondashuvi va tomoshabinlar mehrini qozona olgani bilan hay’at a’zolari e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Tantanali taqdirlash marosimida g‘olibga Diplom, maxsus vaucher hamda Zo‘r TV tomonidan taqdim etilgan oltin kubok topshirildi. Ushbu g‘alaba Yahyo G‘aniyev ijodiy faoliyatida muhim bosqich bo‘lib, uning kelgusidagi muvaffaqiyatlariga mustahkam zamin yaratishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “ARTIST” super mavsumi g‘olibi aniqlandi!