date

Brayt Messi haqida: kamtar, ammo g‘alabaga chanqoq lider...

Brayt Messi haqida: kamtar, ammo g‘alabaga chanqoq lider...

Inter Mayami himoyachisi Yannik Brayt jamoadoshi — jahon futboli afsonasi Lionel Messining shaxsiy fazilatlari va professionallik darajasi haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Braytning ta’kidlashicha, Messi juda kamtar va sokin inson bo‘lishiga qaramay, uning atrofida o‘ziga xos kuchli energiya his qilinadi. Himoyachi ilk bor argentinalik yulduzni yaqindan ko‘rgan paytda, ruhan tayyor bo‘lganiga qaramasdan, qattiq hayajonlanganini yashirmadi.

— Lionel nafaqat maydonda, balki hayotda ham haqiqiy yetakchi. U o‘yin oldidan jamoani to‘g‘ri so‘zlar bilan ruhlantira oladi. Har bir mayda-chuydagacha e’tibor qaratadigan, o‘z ishiga juda jiddiy yondashadigan professional, — dedi Brayt.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Messi odatda sokin va kamgap bo‘lsa-da, maydonga chiqqan zahoti butunlay boshqa qiyofaga kiradi. 38 yoshiga qaramasdan, u raqobatda hali ham «yirtqich»dek harakat qiladi, mag‘lubiyatni qabul qilmaydi va hatto oddiy mashg‘ulotlarda ham yutishni istaydi.

Shuningdek, kiyim almashtirish xonasida Messi jamoaning barcha a’zolari bilan iliq va samimiy munosabat o‘rnatgani, har bir futbolchiga hurmat bilan yondashishi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida, yakunlangan mavsumda «Inter Mayami» klubi o‘z tarixida ilk bor MLS chempionligini qo‘lga kiritib, yangi sahifa ochdi. Bu muvaffaqiyatda Lionel Messining hissasi alohida ekani muxlislar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brayt Messi haqida: kamtar, ammo g‘alabaga chanqoq lider...