
Turkiyada Yangi yil bayrami arafasida ehtimoliy teraktlarni rejalashtirishda gumon qilingan 127 nafar shaxs qo‘lga olindi. TRT Haber xabariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari ularni “Islomiy davlat” (ID) guruhi bilan aloqador deb hisoblamoqda. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Maxsus reydlar Istanbul va Anqara shaharlarida o‘tkazilgan: Istanbulda 110 kishi, Anqarada esa 17 kishi ushlangan.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning kamida 40 nafari Yalova shahrida bir kun avval politsiya xodimlariga uyushtirilgan hujumga aloqador bo‘lgan yashirin guruh bilan bog‘langan. Mahalliy OAV yozishicha, gumonlanuvchilarni ushlashga urinish vaqtida o‘qotar qurol ishlatilgan va oqibatda uch nafar politsiyachi halok bo‘lgan.
Rasmiylar Yalovadagi voqeadan so‘ng Istanbul va Anqarada keng ko‘lamli tekshiruvlar tashkil etilganini, amaliyot esa bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash va ehtimoliy hujumlarning oldini olishga qaratilganini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.