date

Zaharyan yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Zaharyan yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk mashg'ulotni o'tkazib yubordi

«Real Sosyedad» yarim himoyachisi Arsen Zaharyan klubning yangi bosh murabbiyi Pellegrino Mataratstso boshchiligidagi ilk mashg'ulotda qatnashmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 22 yoshli rossiyalik futbolchi gripp sabab umumiy guruhda ishlamagan. Hujumkor yarim himoyachi jamoaviy mashg'ulot o'rniga zalda individual tarzda shug'ullangan. Klubda Zaharyan 30 dekabr kuni yana jamoa bilan birga mashg'ulotlarga qaytishini kutishmoqda.

Zaharyan 2023 yil yozida Moskvaning «Dinamo»sidan «Real Sosyedad»ga 13 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zaharyan yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk mashg'ulotni o'tkazib yubordi