date

Oʻzbekistonda ilk yopiq turdagi podstansiya quriladi

Oʻzbekistonda ilk yopiq turdagi podstansiya quriladi

Yangi Toshkent hududida Oʻzbekistonda birinchi bo‘ladigan yopiq turdagi podstansiya qurilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha amalga oshirilish jarayoni bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi.

Quvvati 100 MVt bo‘lgan mazkur podstansiya Yangi Toshkentning dastlabki bosqichdagi elektr ta’minoti ehtiyojlarini qoplashga xizmat qiladi. Tashabbus davlat-xususiy sheriklik shaklida, Xitoyning Haocheng Industry Group Limited kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Yopiq turdagi podstansiyalar odatdagilariga nisbatan uch baravar kam joy egallaydi, shovqin darajasi past bo‘ladi va shaharsozlik muhitiga mos ravishda, me’moriy ko‘rinishga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda joylashtirilishi mumkin.

Shu bilan birga, Yangi Toshkentda trigeneratsiya texnologiyasiga asoslangan energetika stansiyasi ham barpo etilmoqda. Birinchi navbat doirasida isitish uchun 75 MVt, sovitish uchun 100 MVt hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 17 MVt quvvatlar ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda ilk yopiq turdagi podstansiya quriladi