date

O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash narxi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash narxi ma’lum bo‘ldi

2025 yil noyabr oyi uchun O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlashning o‘rtacha qiymati hisoblab chiqildi. Hisob-kitoblar hududlardagi asosiy mahsulotlar narxlari asosida amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng arzon palov tayyorlash Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati 98 100 so‘mni tashkil qilgan. Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 104 100 so‘m, Andijon viloyatida esa 105 800 so‘m bo‘lgan.

Eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida kuzatilgan. Xususan, Toshkent shahrida 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati 116 100 so‘m, Farg‘ona viloyatida esa 115 200 so‘mni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, ushbu raqamlar hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini anglatmaydi. Hisob-kitoblarga palov tayyorlash va boshqa xizmatlar xarajatlari ham kiritilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash narxi ma’lum bo‘ldi