date

Sneyder 2010 yilgi Oltin to'p masalasiga izoh berdi

Sneyder 2010 yilgi Oltin to'p masalasiga izoh berdi

Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va Milan "Inter"i ekssardori Uesli Sneyder 2010 yildagi "Oltin to'p" topshirish marosimi atrofidagi bahslarni yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sneyderning aytishicha, o'sha paytda u Lionel Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb bilgan va buni haqiqat, deya tan oladi. Biroq aynan 2010 yil natijalari va yutuqlarini solishtirganda, u o'sha mavsumni Messidan ko'ra kuchliroq o'tkazganini, sovrinlar hamda erishilgan muvaffaqiyatlar bo'yicha raqibidan ustun chiqqanini ta'kidladi. Uning fikricha, yillar o'tgan bo'lsa-da, bu mukofot yuzasidan tortishuvlar hanuz tinmagani, ko'plar sovrin aynan unga berilishi kerak bo'lganini aytib kelayotgani bejiz emas.

Ma'lumot uchun, "Oltin to'p"-2010 ovoz berishida Sneyder to'rtinchi o'rinni egallagan. Undan yuqoriroqda Lionel Messi, Andres Inyesta va Xavi joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sneyder 2010 yilgi Oltin to'p masalasiga izoh berdi