
2025 yilning yanvar—noyabr oylarida Oʻzbekistonda taʼlim xizmatlariga yoʻnaltirilgan mablagʻ 34,2 trln soʻmga yetdi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,8% ga oshgan.
Taʼlim bozoridagi eng katta ulush anʼanadagidek poytaxt hissasiga toʻgʻri keldi: Toshkent shahrida taʼlim xizmatlari hajmi 16,6 trln soʻmni tashkil etib, ko‘plab hududlar ko‘rsatkichidan qariyb yetti baravar yuqori bo‘ldi.
Viloyatlar kesimida Samarqand va Fargʻona yetakchilik qildi — mos ravishda 2,5 trln va 2,2 trln soʻm. Eng past hajmlar esa Sirdaryo (343,7 mlrd soʻm), Navoiy (438,5 mlrd soʻm) hamda Jizzax (532,3 mlrd soʻm) viloyatlarida qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.