
Britaniyalik mashhur bokschi Entoni Joshua ishtirok etgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Voqea guvohi bo‘lgan Adeniyi Orojo avtohalokat qanday sodir bo‘lgani va undan keyingi daqiqalar haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning aytishicha, Lexus rusumli avtomobil harakatsiz turgan yuk mashinasi — Pajero‘ga borib urilib ketgan. Hodisa paytida Entoni Joshua orqa o‘rindiqda, haydovchining orqasida joylashgan bo‘lgan. Mashina ichida esa jami to‘rt nafar odam bo‘lgan.
«Avariya sodir bo‘lishi bilan biz yo‘l xizmati va tez yordam kelguncha qutqaruv ishlarini boshladik. Afsuski, haydovchi hamda Joshuaning yonida o‘tirgan shaxslar voqea joyining o‘zidayoq vafot etdi», — dedi Orojo Daily Express nashriga bergan intervyusida.
Guvoh so‘zlariga ko‘ra, barcha harakatlar juda tez kechgan, ammo zarba kuchli bo‘lgani sabab ayrimlar uchun fojiali oqibatlarni oldini olishning imkoni bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu baxtsiz hodisadan bir necha soat o‘tib halok bo‘lgan shaxslar Entoni Joshuaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi hamda shaxsiy treneri ekani rasman ma’lum qilingan edi. Joshuaning o‘zi esa yengil jarohatlar bilan qutulib qolgan va shifokorlar nazorati ostida ekani aytilmoqda.
Mazkur fojia nafaqat bokschi jamoasi, balki butun sport jamoatchiligi uchun og‘ir yo‘qotish sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.