date

Soliq qoʻmitasi Xolis ilovasini o‘rnatish ixtiyoriy ekanini bildirdi

Soliq qoʻmitasi Xolis ilovasini o‘rnatish ixtiyoriy ekanini bildirdi

Soliq qoʻmitasi Paynet’ning Xolis platformasidan foydalanish bo‘yicha vaziyatga izoh berib, tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar ilovani o‘z xohishiga ko‘ra o‘rnatishi mumkinligini ma’lum qildi.

Idora bayonotida aytilishicha, agar soliq xodimlari yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki o‘zini o‘zi band shaxslardan ushbu ilovani majburiy o‘rnatishni talab qilsa, fuqarolar 1198 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi yoki hududiy soliq organlariga murojaat etishi mumkin.

Qoʻmitaga ko‘ra, hozirda o‘zini o‘zi bandlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini qonuniy maydonga olib chiqishga qaratilgan yangi texnik yechimlar ustida ish olib borilmoqda.

Xolis platformasining joriy etilishi Uznetda e’tirozlarga sabab bo‘ldi: ayrim tadbirkorlar soliq organlari vakillari ilovani o‘rnatishni talab qilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kelasi yil boshidan O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun maxsus huquqiy rejim kuchga kiradi. Unga ko‘ra, biznes maxsus platformalar orqali ro‘yxatdan o‘tishi va hisobot topshirishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, bunday xizmatlarni texnopark rezidenti maqomiga ega kompaniyalar ko‘rsatishiga ruxsat berilmaydi. Soliq qo‘mitasi hozircha bu talabga Paynet mos kelishini qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qoʻmitasi Xolis ilovasini o‘rnatish ixtiyoriy ekanini bildirdi