
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 31-dekabrdan 4-yanvargacha Oʻzbekistondagi barcha shifoxonalar 24 soatlik ish tartibida faoliyat yuritadi.
Bu kunlarda fuqarolar tuman, shahar va respublika darajasidagi shifoxonalarda, shuningdek tibbiyot markazlarida zarur tibbiy yordam olishi mumkin.
Tez yordam xizmati ham odatdagi rejimda ishlashda davom etadi: respublika bo‘ylab chaqiruvlarga chiqish uchun 2,8 mingdan ortiq brigada shay holatda bo‘ladi.
Shoshilinch tibbiy yordam Respublika ilmiy markazi va uning hududiy filiallarida ham tunu kun navbatchilik yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, 231 ta tug‘ruqxona hamda 233 ta bolalar shifoxonasida uzluksiz ish tashkil etiladi.
Vazirlik bayram kunlarida aholini sog‘lig‘iga eʼtiborli bo‘lishga chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.