date

Avtohalokatda Entoni Joshuaning halok bo‘lgan murabbiylari ismi ma’lum bo‘ldi

Avtohalokatda Entoni Joshuaning halok bo‘lgan murabbiylari ismi ma’lum bo‘ldi

Avval xabar qilinganidek, Lagos — Ibadan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan fojiali yo‘l-transport hodisasi jahon sporti jamoatchiligini larzaga solgan edi. Mazkur avtohalokatda taniqli bokschi Entoni Joshua o‘tirgan avtomobil harakatsiz yuk mashinasiga borib urilib, og‘ir oqibatlarga olib kelgan.

YTH natijasida ikki nafar inson hayotdan ko‘z yumgani, Entoni Joshuaning o‘zi esa yengil tan jarohatlari bilan qutulib qolgani ma’lum qilingan edi. Oradan vaqt o‘tib, halok bo‘lgan shaxslarning kimligi ham rasman ochiqlandi.

Sports Illustrated nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokat qurbonlari britaniyalik bokschining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Sina Gami hamda shaxsiy murabbiyi Robert Lats bo‘lgan. Ular ko‘p yillar davomida Entoni Joshuaning professional faoliyatida muhim o‘rin tutgan, uning jismoniy holati va ringdagi tayyorgarligi uchun mas’ul mutaxassislar hisoblanar edi.

Bu fojia Joshuaning jamoasi uchun katta yo‘qotish sifatida baholanmoqda. Bokschining yaqin atrofida bo‘lgan murabbiylar uning so‘nggi muvaffaqiyatlarida ham katta hissa qo‘shgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua yaqindagi so‘nggi jangda professional bokschiga aylangan bloger Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratib, muxlislarini yana bir bor xursand qilgan edi.

Hozirda avtohalokat sabablari bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. Joshuaning ahvoli barqaror ekani, u shifokorlar nazorati ostida ekani ma’lum qilingan. Fojia esa sport olamida uzoq vaqt muhokama qilinadigan og‘ir yo‘qotish sifatida qolishi aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Avtohalokatda Entoni Joshuaning halok bo‘lgan murabbiylari ismi ma’lum bo‘ldi