Toshkentda tungi motoxuliganlarga qat'iy chora ko'rildi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborotiga ko'ra, yo'l harakati qoidalarini buzgan motohaydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko'rildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 01:30 atrofida Yashnobod tumanida bir guruh mototsiklchilar tungi ko'chalarda xavfli manyovrlar qilib, qoidalarni qo'pol ravishda buzgan. Yangi yilni nishonlash uchun ko'chaga chiqqan tomoshabinlar oldida ular atayin shov-shuvli harakatlar bilan xavfsizlikni xavf ostiga qo'ygan.
Holat yuzasidan tezkor-qidiruv ishlari o'tkazilib, barcha motohaydovchilarning shaxsi aniqlangan. Qoidabuzarlarga tegishli transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilib, haydovchilarga ma'muriy jazo qo'llangan. Shuningdek, ular bilan profilaktik suhbat ham o'tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!