Shveysariyadagi yong‘inda “Mes” klubi himoyachisi kuchli kuyish jarohati oldi

Fransiyaning “Mes” klubi himoyachisi Tairis Dos Santos Shveysariyadagi Kran-Montana tog‘-chang‘i kurortida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida og‘ir kuyish jarahatlari olgan. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi hozirda Germaniyada davolanmoqda.
Hodisa Yangi yil kechasida, Shveysariyada joylashgan kurortdagi barda yuz bergan va katta talafotlarga sabab bo‘lgan. Taxminan 40 kishi halok bo‘lib, 110 nafardan ortig‘i jarohatlangan.
- Klubimiz tarbiyalanuvchisi Tairis Dos Santos Kran-Montanadagi yong‘in oqibatida jabrlandi. Futbolchi og‘ir kuyish jarohatlari bilan vertolyot orqali Germaniyaga olib ketildi va hozirda u yerda davolanmoqda. Klub rahbariyati, futbolchilar va butun xodimlar ushbu fojiadan qattiq larzaga kelgan. Biz uning oilasiga to‘liq qo‘llab-quvvatlovimizni bildiramiz. Agar holatda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot beriladi, - deyiladi “Mes” rasmiy bayonotida.
Dos Santos hali "Mes"ning asosiy jamoasida debyut qilmagan edi, u asosan yoshlar jamoasida faoliyat yuritib, e’tiborni jalb qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!