Fabio Kapello Yuventusni ham chempionlik poygasida ko'rmoqda

Italiya futboli taniqli mutaxassisi, sobiq Rossiya terma jamoasi va Milan bosh murabbiyi Fabio Kapello Turinning "Yuventus" jamoasi chempionlik uchun kurashda jiddiy da'vogarlar qatorida qolayotganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kapelloning fikricha, "Yuventus" allaqachon Chempionlar ligasi zonasiga kirib olgani muhim ko'rsatkich. U bu holatni klubni qabul qilib olganidan keyin murabbiy Spallettining ilk ijobiy natijalaridan biri sifatida baholadi va may oyigacha vaziyatni yanada yaxshilash uchun vaqt yetarli ekanini qayd etdi.
Turin klubi A Seriyada oxirgi bor 2020 yilda chempion bo'lgan. Hozirda esa "Yuventus" Italiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing