Lamin Yamal Barselona mashg'ulotini erta tark etdi

Lamin Yamal Barselona mashg'ulotini erta tark etdi

Barselona”ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal jamoa bilan mashg'ulotni to'liq o'tkaza olmadi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, u mashg'ulot boshlanganidan atigi besh daqiqa o'tib “ko'k-anorranglilar”ning trening bazasini tark etishga majbur bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining holati “umumiy holsizlik” sifatida baholanmoqda. Muammo jiddiy emas va “Barsa” hujumidagi yetakchilardan birining shanba kungi “Espanyol”ga qarshi derbida maydonga tushishiga, katta ehtimol bilan, xavf solmaydi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Joriy mavsumda Hans-Diter Flik qo'l ostidagi jamoa safida Yamal 20 o'yinda 9 ta gol urib, 11 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar