2025 yilda o'qituvchilarning 60 foizdan ko'pi attestasiyadan o'tmadi

Ixtisoslashgan Telegram-kanalda 2025 yilgi o'qituvchilar attestasiyasi bo'yicha statistik ma'lumotlar e'lon qilindi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Qayd etilishicha, bu yilgi jarayonda 353,6 ming nafar pedagog ishtirok etgan. Biroq natijalar kutilganidek chiqmadi: qatnashchilarning 60 foizdan ortig'i qoniqarli ko'rsatkich qayd eta olmagan.
Attestasiya yakuniga ko'ra yangi malaka toifasini olgan o'qituvchilar soni ham ma'lum bo'ldi: oliy toifa — 22 311 nafar, birinchi toifa — 43 445 nafar, ikkinchi toifa — 60 055 nafar, mutaxassis — 13 371 nafar.
Shuningdek, 125 811 nafar pedagog o'z toifasini saqlab qolgan yoki yuqorilata olgan. Yana 6 553 nafar o'qituvchi attestasiya topshirmasdan turib toifaga kiritilgan.
Kasbiy attestasiya jarayonida 21 836 nafar o'qituvchi-stajyor ham qatnashdi. Bundan tashqari, 48 599 ta milliy va xalqaro sertifikat tan olinib, ular asosida ish haqlariga ustamalar to'lab berilgani bildirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!