date

O‘zbekiston Rossiya shokoladi xaridorlari orasida kuchli uchlikka kirdi

O‘zbekiston Rossiya shokoladi xaridorlari orasida kuchli uchlikka kirdi

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida Rossiyada ishlab chiqarilgan shokoladning eng yirik importchilari Qozogʻiston, Belarus va Oʻzbekiston bo‘ldi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

«Agroeksport» keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Qozogʻiston ushbu davrda 192 mln dollarlik shokolad xarid qilgan. Belarus importi 123 mln dollarni, Oʻzbekistonniki esa 68 mln dollardan oshgan.

Eng ko‘p sotib oluvchilar beshligidan Ozarbayjon (48 mln dollar) va Armaniston (28,5 mln dollar) ham o‘rin oldi. Keyingi pog‘onalarda Qirgʻiziston (26,1 mln dollar), Gruziya (19,5 mln dollar) hamda Xitoy (14,4 mln dollar) qayd etilgan.

Top-10 ro‘yxatiga, shuningdek, Moldova (7,7 mln dollar) va Serbiya (6,8 mln dollar) kirgan. Bundan tashqari, rossiyalik shokolad xaridorlari orasidagi top-15 talikdan Germaniya, Isroil, AQSh, Latviya va Saudiya Arabistoni ham joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Rossiya shokoladi xaridorlari orasida kuchli uchlikka kirdi