date

O‘zbekiston quritilgan o‘rik eksporti bir yilda 2,4 barobarga oshdi

O‘zbekiston quritilgan o‘rik eksporti bir yilda 2,4 barobarga oshdi

2025 yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekistondan quritilgan o‘rik (kuraga) eksporti 23,9 ming tonnaga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘p, deya ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasi.

Yetkazib berishlarning umumiy qiymati 45,8 mln dollarni tashkil etdi. Eng yirik xaridorlar qatorida Xitoy (5,5 ming tonna), Qozog‘iston (4,6 ming tonna) va Turkiya (4,1 ming tonna) bor.

Shuningdek, Rossiya 1,8 ming tonna, Ukraina esa 1,5 ming tonna kuraga xarid qilgan. Qolgan davlatlarga jo‘natmalar jami 6,5 ming tonnani tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston quritilgan o‘rik eksporti bir yilda 2,4 barobarga oshdi