
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram sahifasiga yangi video post joyladi. Unda san’atkor barcha muxlislarini Yangi yil bayrami bilan samimiy tarzda tabrikladi. Munisaning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ular Yangi yilni O‘zbekistonda emas, balki Dubay shahrida kutib olishgan.
Xonanda bayram qanday o‘tgani haqida ham ochiqchasiga gapirdi. Uning aytishicha, boshqalar Yangi yilni qanday va qayerda nishonlaganini bilmasligini, biroq o‘zlari bayramni sokin, oilaviy muhitda o‘tkazishgan.
“Kim bayramni qanday kutib olganini bilmadim, lekin biz uyda kutdik. Xo‘jaynim va o‘g‘lim uxlab qolgan, men esa televizor ko‘rib Yangi yilni qarshi oldim. Menimcha, bizda haqiqiy Yangi yil bugun bo‘lsa kerak”, — deya kulimsirab qo‘shimcha qildi xonanda.
San’atkorning bu samimiy va sodda bayram lahzalari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi hamda ko‘plab tabrik va tilaklarga sabab bo‘ldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.