date

Oʻzbekistonda investitsiyalar hajmi bir yilda 24 foizga oshdi

Oʻzbekistonda investitsiyalar hajmi bir yilda 24 foizga oshdi

2025 yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda jalb qilingan investitsiyalar umumiy hajmi 43,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yil ko‘rsatkichidan 24 foiz yuqori, deya ma’lum qildi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Asosiy ulush toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hissasiga toʻgʻri kelib, ularning miqdori 38,2 mlrd dollarga yetdi. Yana 4,9 mlrd dollar xalqaro moliya institutlari orqali jalb qilindi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Oʻzbekistonning investitsiya hamkorlari orasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA yetakchi oʻrinlarni egalladi. Bozorga ishonch ortayotganini Volkswagen, Alshaya Group va Franklin Templeton kabi yirik brendlarning kirib kelgani ham tasdiqladi.

Shuningdek, Citi moliyaviy guruhi hamda Yaponiya Sojitz korporatsiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Bundan tashqari, Cleveland Clinic, Aviagen agrosanoat kompaniyasi va Wilmar ishlab chiqaruvchisi ham oʻzbek bozoriga kirib keldi.

Vazirlik oqimning kuchayishini xorijiy biznes uchun sharoitlar yaxshilangani va yangi loyihalar ishga tushirilayotgani bilan izohladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda investitsiyalar hajmi bir yilda 24 foizga oshdi