Malayziyada velosportchilarimiz shou qildi: uchta oltin va bitta bronza

1 daqiqa o'qish174
Malayziyada velosportchilarimiz shou qildi: uchta oltin va bitta bronza

Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo‘yicha “Asean track series” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi juda munosib natija qayd etib, umumiy hisobda 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini jamg‘ara oldi.

Bu bosqichning haqiqiy qahramoni Sergey Rostovsev bo‘ldi. U bir musobaqada uch xil yo‘nalishda ham raqiblarini ortda qoldirib, oltin medallar “kolleksiya”sini to‘ldirdi. Rostovsev omnium, skretch va elimineyshn bahslarida g‘oliblikni o‘z hisobiga yozdirdi.

Quvonarlisi, qizlarimiz ham medal bilan qaytdi. Nafosat Koziyeva elimineyshn dasturida kuchli raqobat orasida bronza medalini qo‘lga kiritib, terma jamoa hisobini yanada boyitdi.

Medallar ro‘yxati:

Oltin medallar:

— Sergey Rostovsev (omnium)

— Sergey Rostovsev (skretch)

— Sergey Rostovsev (elimineyshn)

Bronza medal:

— Nafosat Koziyeva (elimineyshn)

Endi hamyurtlarimiz shu shaharning o‘zida 10–11-yanvar kunlari o‘tkaziladigan 2-bosqichda ham o‘z omadini sinab ko‘radi. MOQ xabar berishicha, jamoa yaxshi ruhiyatda va navbatdagi startlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Qisqasi, Nilaydagi birinchi bosqich “biznikilar” uchun kayfiyatli boshlandi. Endi ikkinchi bosqichda ham shunday temp ketsa — medallar yana ko‘payadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?