date

Mahmud Murodovning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Mahmud Murodovning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

UFC’da ham jang qilib, o‘zbek muxlislariga ko‘p marta kayfiyat ulashgan hamyurtimiz Mahmud Murodovning navbatdagi chiqishi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, 24 yanvar kuni Polshaning Tarnuv shahrida ko‘rgazmali MMA bellashuvlariga bag‘ishlangan “Fame 29” turniri tashkil etiladi. O‘sha oqshom Murodov ham karddan o‘rin olib, oktagonga ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Yurtdoshimizga raqib sifatida polyak jangchisi Denis Labriga tanlangan. Tomoshabop formatda o‘tadigan mazkur turnirda ikki sportchi o‘zaro to‘qnash kelib, muxlislar uchun yana bir qiziqarli va kayfiyatli kecha tayyorlab berishi kutilmoqda.

Qisqasi, jang sanasi aniq — endilikda eng muhimi, Mahmudning tayyorgarligi va oktagondagi kayfiyati. Muxlislar esa odatdagidek bitta narsani kutadi: yurtdoshdan ishonchli chiqish va g‘alaba ta’mi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodovning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi