8 186
GM Uzbekistan avtomobillari so‘mda sotilishi «qora» bozorda dollar kursi o‘sishini to‘xtatadimi?
Xabaringiz bor, Prezident qarori asosida 1 iyundan GM Uzbekistan avtomobillari milliy valyutada sotilishi belgilandi. Xo‘sh, mazkur qaror ijrosining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo‘ladi, shu yo‘l bilan «qora» bozorda dollar kursi o‘sishini to‘xtatish mumkinmi? Mustaqil iqtisodchi Yuliy Yusupov ayni masaladagi mulohazalarini UZ24ga bayon qildi:
— Avtomobillar savdosining milliy valyutada amalga oshirilishi «qora» bozorda dollar kursi ko‘tarilishini to‘xtata oladimi? Ehtimol. Lekin shu aniqki, bu dollar o‘sishini cheklaydigan bir omil. Nima uchun? Chunki xaridorlar avtomobillarni xarid qilish uchun qayerdandir so‘m topishlari kerak. Endi ular dollarda jamg‘arib boradigan pul mablag‘larini so‘mga aylantirishga majbur bo‘lishadi. Shunga ko‘ra, valyuta bozorida dollar taklifi ortadi va mumkin qadar uning kursi pasayadi yoki ko‘p ko‘tarilmaydi. Bu bozorning asosiy — talab va taklif qonuni hisoblanadi.
Bundan tashqari agar avtomobillar birdaniga katta partiyada sotilsa, bu vaqtda dollar kursi vaqtincha tushishi ham mumkin. Bunga tayyor turing.
Yana bir jihat, dollar kursining umumiy o‘sishi — so‘mning qadrsizlanishi demak, uning fundamental sabablari bartaraf etilmasa, so‘mning qiymati pasayishini to‘xtatib bo‘lmaydi.
Asosiy sabab — yuqori inflyasiya, ya’ni tovar va xizmatlar uchun narxlarning o‘sishi. Aynan inflyasiya tufayli mamlakat ichida milliy valyuta qadrsizlanib boryapti — bugun ma’lum bir tovarni kechagi narxda sotib ololmayapmiz. Natijada so‘mning qiymati boshqa vlyutalarga nisbatan tushib boryapti.
Yana bir muhim sabab — tashqi savdo sharoitlarning yomonlashuvi. Agar jahon bozorlarida eksport tovarlarimiz narxi tushsa, mamlakatga chet el valyutalari tushumi kamayadi. Natijada xorijiy valyuta qiymati o‘sadi. Hozirda bizning eksport tovarlarimiz narxi yuqori emas. Shunga ko‘ra, eksport orqali tushadigan valyuta tushumi o‘sishi bilan milliy valyuta kursi qo‘llab-qo‘vvatlanmayapti.
Uchinchi asosiy sabab — O‘zbekistonning etakchi savdo hamkori hisoblanmish Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz. Bugungi kunda Rossiyadagi mehnat migrantlarimiz 2014 yilgacha, rublning «qulashi»gacha, bo‘lgan davrga nisbatan kam miqdorda xorijiy valyuta jo‘natishmoqda va bu mablag‘larning hissasi bilan so‘m qaiymati pasayishining oldini olib bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi